Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onesiya Saytova: “Barchasi aholi farovonligi uchun”
12:40 / 2023-04-30

O‘zbekiston Qahramoni Onesiya Saytova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 70-referendum uchastkasida ovoz berdi.

[gallery-11682]

–Yangilanayotgan Konstitutsiyada barcha sohalar kabi tibbiyot sohasida ham katta o‘zgartirishlar bo‘lishi kutilmoqda, – deydi Onesiya Saytova. – Jumladan, har bir fuqaroning kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini ta’minlash uchun sog‘liqni saqlash tizimining barcha jabhasi davlat tomonidan rag‘batlantirilishiga oid norma kiritilmoqda. Shuningdek, davlat shakli bilan bir qatorda nodavlat shaklni, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirishga, aholining tibbiy bilimini yuksaltirishga ham e’tibor qaratiladi. Alohida ta’kidlash joizki, kelgusida qishloq joylarida aholiga tibbiy xizmatni ko‘rsatishni yanada yaxshilash nazarda tutilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlarning barchasi, birinchi navbatda, inson qadri, farzadlarimizning porloq kelajagi uchun qilinmoqda. Shuning uchun ham siyosiy jarayonga befarq bo‘lmasdan, farzandlarim, nevaralar6im bilan birgalikda referendum uchastkasiga kelib, ovoz berdik.  

Dovud ABIBULLAEV,  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA