Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OneID orqali shaxsiy ma’lumotlarga kirish — bank xizmatlaridan foydalanish uchun majburiy shart
09:58 / 2026-02-10

Bank xizmatlaridan uzluksiz foydalanish uchun OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga ruxsat berish zarur. Bu bankka mijozni aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni avtomatik olish imkonini beradi.

Agar ruxsat berilmagan bo‘lsa, ayrim onlayn xizmatlar vaqtinchalik cheklanishi yoki qo‘shimcha tekshiruvni talab qilishi mumkin, jumladan:

  • Kredit, mikroqarz va muddatli to‘lovlarni rasmiylashtirish;
  • Hisob raqamlari va bank kartalarini ochish;
  • Mijozni onlayn identifikatsiya qilish (KYC);
  • Sug‘urta va telekommunikatsiya xizmatlari;
  • Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish.

OneIDdagi ruxsat sozlamalari onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli ma’lumotlarni uzatish holatini oldindan tekshirish muhimdir.

Sozlamalarni tekshirish va o‘zgartirish tartibi:

  • id.egov.uz saytiga kiring;
  • ERI, Mobile-ID yoki QR-kod orqali tizimga kiring;
  • «Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limida NBU uchun foydalanish huquqini belgilang.

Kerakli sozlamalar faollashtirilgach, xizmatlardan foydalanish odatdagi tartibda tiklanadi.

Aloqa markazi 

📞 1344

☎️ (78) 148-00-10