French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onaxon 79 yoshida tug‘ilganlik haqida guvohnoma oldi
09:40 / 2022-10-18

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida istiqomat qiluvchi onaxonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma oradan 79 yil o‘tib topshirildi.

Tuman adliya bo‘limiga 1943 yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan, hozirda Yangiobod tuman “Sarmich” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Zilola Alimqulova (o‘z familiyasi Dushayeva) ariza bilan murojaat qilib, shu kunga qadar uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi sababli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Yangiobodlik Zilola Alimqulovaning murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga fuqaro Z.Alimqulova (Dushayeva) manfaati uchun “Tug‘ilganlik faktini belgilash to‘g‘risida” da’vo ariza kiritildi va sud tomonidan sayyor tartibda ko‘rib chiqilib, da’vo ariza qanoatlantirildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA