Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onasi ayiqning qafasiga uloqtirgan qizaloq tibbiyot xodimlari nazoratida
11:24 / 2022-01-29

Kecha, 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qizaloqning holati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:

2018 yilda tug‘ilgan  qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va  bosh miya chayqalishi kuzatilgan.  Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida.

O‘zA