Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onalik va bolalikni muhofaza qilish –dolzarb masala
12:17 / 2024-10-24

Sirdaryoda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tuman. shahar tibbiyot birlashmalarida onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida "Hamkor yettilik"ni shakllantirish va patronaj doyalar ishining samarasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova,  Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Hakimov ishtirok etib,  homilador ayollarda surunkali kasalliklar bo‘yicha monitoringni kuchaytirish,  xavf belgilari bo‘yicha shikoyatlari bor-yo‘qligini aniqlash, metabolik sindrom hamda bachadonida  chandig‘i bor homilador ayollarni alohida nazoratga olish  yuzasidan fikr yuritib, bu boradagi masalalarga aloqador bo‘lgan  "Hamkor yettilik", ular oldida turgan vazifalarga alohida to‘xtaldi. Xususiy klinikalarda davolanayotgan va ambulator kuzatuvda turgan homiladorlarni va tuqqan ayollarni nazorat qilish, ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

– Bundan tashqari, 35 yoshdan oshgan hamda tug‘ishga moneligi bor ayollarning  ro‘yxatini shakllantirish, tug‘ishdan saqlanish vositalari bilan qamrab olinishi bo‘yicha barcha tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlarining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosarlari, “Ayollar maslahatxonasi” rahbarlari va doyalarga, ya’ni "Hamkor yettilik" a’zolariga  tegishli topshiriqlar berildi,–deydi Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Yusuf Mirxonov.

Yig‘ilishda boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri