FOTOREPORTAJ
Buxoroda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirish maqsadida boshqarma tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining malakali akusher-ginekologlari hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida hududlardagi oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida kunlik reja jadval asosida tug‘ish yoshidagi va homilador ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
[gallery-27017]
Shuningdek, Prezidentimizning 2024 yil 22 noyabrdagi “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida skrining tekshiruvlar o‘tkazib kelinmoqda. YUNISEF, YUNFPA hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Har bir ona va bola yashaydi va rivojlanadi, perinatal markazlarda onalar va bolalar o‘limini qisqartirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatdagi tug‘ruq muassasalari zarur jihozlar bilan ta’minlandi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA