Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona-yurtning jo‘shqin navolari
12:32 / 2025-04-11

«Turkiston» san’at saroyida taniqli xonanda Ozodbek Tillanazarovning “Ona yurt navolari” nomli yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konsert maqomning bebaho an’analarini asrab-avaylab kelayotgan va ularni zamonaviy talqinda xalqimiz qalbiga yetkazayotgan ijodkorning jonli ijrodagi musiqiy tuhfasi, bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Dasturda san’atkor o‘zining eng sara asarlarini jonli ijroda taqdim etdi.   

Konsert dasturi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov rahbarligida, milliy maqom san’atining nozik jihatlarini yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etib kelayotgan afsonaviy Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli hamrohligida o‘tkazildi.   

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov, O‘zbekiston xalq artisti Toir Qo‘ziyev, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi “Shuhrat” medali sohibasi Nafisa Farmonova musiqiy dasturga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.   

Raqs sahnalari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Feruza Azatova rahbarligidagi “Munojat” raqs ansambli tomonidan bezatildi.   

[gallery-22759]

Dasturda mumtoz ashulalar bilan birga o‘zbek bastakorlari ijodi asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etildi.   

N.Usmonova,

N.Haydarov (suratlar), O‘zA