FOTOREPORTAJ
Mudofaa vazirligiga qarashli Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov va boshqalar bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan qutlar ekan, yurt tinchligi, el osoyishtaligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga bel bog‘lagan jasur o‘g‘lonlarga muvaffaqiyat tiladilar.
Okrug ofitserlari, o‘qituvchilar, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tgan tadbirda yuzdan ortiq bitiruvchiga “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi diplomi topshirildi. Bitiruvchilarning o‘nga yaqini bilan oliy harbiy bilim yurtlariga davlat imtihonlarisiz o‘qishga kirish imkonini beruvchi imtiyozli diplom sohibi bo‘ldilar.
[gallery-17922]
Tadbir taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy- qo‘shiqlarga ulanib ketdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA