Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona va bola salomatligi bo‘yicha yangi markaz tashkil etiladi
07:19 / 2023-09-14

Prezidentimizning joriy yil 8 sentyabrda “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Xo‘sh, ushbu hujjatda qanday vazifalar belgilangan? 

2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi. 

Shuningdek, hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida markazning 14 ta hududiy filiali tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, onalar salomatligini muhofaza qilishning takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj tizimi joriy etiladi.

Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida “tibbiyot brigadalari” o‘zlariga biriktirilgan hududlarda homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va ularning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil etadi.

Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxonasi” bo‘limi bilan birgalikda homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi hamda xavf omillari aniqlanganda markazning hududiy filiallariga yuboradi.

Tug‘uruqdan keyingi davrda ona va bolaning davriy patronajini olib boradi hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish choralarini ko‘radi.

Shuningdek, “tibbiyot brigadalari” reproduktiv yoshdagi aholi va homilador ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyat, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom oilani rejalashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini ham olib boradi. 

O‘zA