Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tilim – Vatanim ruhi (+video)
15:54 / 2025-10-23

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Davlat tili – millat g‘ururi, Ona tilim – Vatanim ruhi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Anjuman avvalida yurtimizga tashrif buyurgan xorijlik adabiyotshunoslar akademiya rahbariyati bilan qisqa uchrashuv o‘tkazdi va muloqot davomida ular hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, o‘zbek tilining boy tarixi va adabiy merosi xususida a’lohida ta’kidlashdi.

O‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi hamda “Ma’naviy hayot” jurnali hamkorligida tashkil etilgan yig‘in doirasida taniqli shoir va tarjimon, marhum A’zam O‘ktam tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan ifodali she’r o‘qish tanlovi, shuningdek, mazkur akademiya va Qo‘qon universiteti hamkorligida chop etilgan “Globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” nomli kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Samimiy ruhda kechgan davra suhbatida Hindistonning Javoharl’al Neru universiteti Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari, filologiya fanlari doktori, professor Axloq Ahmad Ahan, Turkiyaning Nede universiteti professori Mustafo Qo‘rqmas, Shvetsiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Jahon uyg‘ur shoirlari assotsiatsiyasi raisi, shoir va tarjimon Abdushukur Muhammad ishtirok etib, o‘zbekona mehmondo‘stlik va do‘stona uchrashuv uchun tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik izhor etishdi.

– A’zam O‘ktamning adabiy shaxsiyati va qiyofasi, iste’dodining asosiy qirrasini she’riy asarlari belgilaydi, – dedi shvetsiyalik ijodkor Abdushukur Muhammad O‘zA muxbiriga bergan intervyusida. – Uning ash’orlarida milliy ruh va falsafiy tafakkur mujassam. Har bir misra va obraz qalbga yaqin. Men ushbu adibning “Kuzda kulgan chechaklar” kitobini uyg‘ur tiliga tarjima qilganman. Endi shoirning she’rlarini Shvetsiyadagi adabiy jurnallarda e’lon qilish, Stokgolm shahrida madaniy muloqotlar uyushtirish niyatidamiz.

Tadbir yakunida g‘oliblar sertifikat va yangi kitoblar to‘plami bilan taqdirlanishdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mtv5TS5PZ9Q" title="Ona tilim – Vatanim ruhi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

D.Hakimov, O.Davronov (video), 

O‘zA