Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimizda o‘zbek tilining mavqei va maqomini tiklash, uni asrab-avaylash borasidagi ezgu tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Anjumanda e’tirof etilganidek, ona tiliga hurmat insonning milliy o‘zligi, sha’ni, milliy iftixori, tarbiyasi, ma’naviyati bilan uzviy bog‘liq.
[gallery-25778]
Yurtimizda yoshlarda ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi va targ‘ibotini kuchaytirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o‘zbek tili rivoji, milliy adabiyotimiz, ona tilimizning ravnaqiga hissa qo‘shadigan ko‘plab loyihalarni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi bilan birgalikda amalga oshirmoqda.
Tadbirda ona tilimizning qadr-qimmati va ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritildi. Ustoz shoirlarning ijod namunalaridan o‘qildi.
N.Usmonova, N.Haydarov (surat), O‘zA muxbiri