Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tilim abadiy yasha!
16:58 / 2021-10-20

Toshkent shahar markaziy davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda arxiv sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligini oshirish, soha qonunchiligi yuzasidan uni targ‘ib qilish masalalari xususida so‘z yuritildi.  

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida o‘zbek tili oyligi doirasida hududlarda ijodkor arxivchilarning 10 dan ortiq maqolalari, 20 ta videoroliklari, o‘z ijodidan she’r va hikoyalari Agentlikning veb-saytlarida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi. Oylik davomida sohada davlat tilini qo‘llashning o‘ziga xos uslubiyati, metodik qo‘llanmalar, bukletlar ishlab chiqilgani ta’kidlandi.  

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2020 — 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi keng muhokama qilindi. Konsepsiyada belgilab berilgan yo‘nalishlarning arxiv sohasidagi ahamiyati va dolzarbligi tushuntirildi.  

 Mazkur tadbir o‘zbek tilining xalqimiz, jumladan soha ijtimoiy hayotida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi, – dedi “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvar Aliyev. – Mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi.  

Tadbir so‘ngida arxiv sohasida davlat tilini rivojlantirishda o‘z mehnatlari bilan fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar “Soha iftixori” ko‘krak nishoni hamda Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.    

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA