Gulnora Husenova – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanining chekka hududida joylashgan 40-umumta’lim maktabida uzoq yillardan buyon o‘quvchilarga ona tili va adabiyot fanidan saboq beradi.
Mahoratli pedagog o‘quvchilarga ona tilimizning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixi, boy imkoniyatlarini puxta o‘rgatish bilan birga, ular qalbida Vatanga muhabbat, ona tilimizga ehtirom, milliy qadriyatlarimizga hurmat va daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirib, yoshlarni komil inson sifatida tarbiyalab kelmoqda.
Gulnora Husenova intiluvchan, bilimdon, har tomonlama keng dunyoqarashga ega, o‘zining pedagogik faoliyati, tajribasi, natijalari va yutuqlari bilan o‘rnak ko‘rsatgan, jamoatchilik hurmatini qozongan fan fidoyisidir.
[gallery-14124]
Muallima faoliyati jarayonida yaratgan 200 dan ortiq ko‘rgazmali va didaktik materiallaridan darslarda mahorat bilan foydalanadi. Shuningdek, G. Husenova maktabning ona tili va adabiyot fanlar bo‘yicha metodika birlashmasi a’zolari safida so‘nggi uch yilda ilg‘or pedagoglarning 20 dan ziyod o‘quv-uslubiy tavsiyalari, namunaviy dars ishlanmalari va elektron taqdimot materiallarini to‘plab, viloyat miqyosida ommalashtirilishiga hissa qo‘shib kelmoqda. 2020 va 2023 yillarda pedagogning ilg‘or ish tajribasi Respublika va viloyat miqyosida ommalashtirilgani ham ustozning yuksak mahoratidan darak.
O‘zA fotomuxbiri
Tohir Istatov olgan suratlar