Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tili – millat ruhi
15:14 / 2023-10-20

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “Til-millat ko‘zgusi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish, ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, bu ishlarga yoshlarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizning o‘ziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi islohotlarga to‘xtalib, har bir Vatan farzandi o‘z ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini yuksaltirishda faol ishtirok etishi zarurligini qayd etdi. Davlat idoralarida davlat tilini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishni tashkil qilish ishlarining izchil davom ettirilayotganini alohida ta’kidladi.  

Qayd etilganidek, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.  

Shundan so‘ng, ona tilini ulug‘lovchi bir qator she’rlar o‘qildi. Tadbir haqiqiy til bayrami va she’riy kecha sifatida qiziqarli o‘tgani bilan tadbir ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA