Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tili millat ruhi
15:14 / 2017-10-31

Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabida oktabr oyi – o‘zbek tili fani oyligi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi.

Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabida oktabr oyi – o‘zbek tili fani oyligi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlarining uslubchilari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta’lim tizimini yanada takomillashtirib, yosh avlodning fanlarni chuqur o‘zlashtirishi va Vatanga munosib farzandlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha zamonaviy sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish vazifalari belgilab olingan. Shunga muvofiq umumta’lim maktablarida darslarni interfaol usulda o‘tish va zamonaviy ko‘rgazmali qurollar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish, izlanuvchan o‘qituvchilarni munosib rag‘batlantirish yuzasidan samarali tizim yaratilgan. Umumta’lim maktablarida an’anaviy tashkil etilayotgan fan oyliklari ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

– Oylik davomida tajribali o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar o‘tkazildi, tarixiy yodgorliklar va muzeylarga sayohat tashkil etildi, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Ashurov. – Oylik doirasida o‘tkazilgan mazkur seminarda fan o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashib, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi. Bu tadbirning viloyatda mazkur fan bo‘yicha barcha zamonaviy sharoitlarga ega va eng boy tajriba to‘plagan ta’lim dargohida tashkil etilgani yutuqlar omili bo‘ldi. Bunda o‘qituvchilar tajribali pedagoglarning mahorat darslarini kuzatdi, taqdimotlari bilan tanishdi.

Seminar ishtirokchilari Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabi fan o‘qituvchilarining sinflardagi “So‘z birikmasi va so‘z”, “Orttirma nisbat qo‘shimchalarining ishlatilishi”, “Bobur hayoti va ijodi” va boshqa mavzulardagi ochiq darslarini o‘rgandi.

Tadbirda kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Termiz davlat universiteti talabalari bilan hamkorlikda tayyorlangan “Til – bebaho xazina” nomli tadbir ham ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.