Shu yil 15 maydagi "2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Prezident qarorida barcha toifadagi aholi qatlamlarining ekomadaniyatini yuksaltirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Ayni kunlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkilotlari tomonidan mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo‘ylab bolalar oromgohlarida ekologik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Ona tabiatni asrash” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlar davomida oromgohdagi bolalarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan qator tanlov va suhbatlar tashkil etilmoqda. "Ona tabiat – mening nigohimda" deb nomlangan rasmlar tanlovlarida bolajonlar o‘zlarining tasavvuridagi tabiatni tasvirlab, atrof-muhitga bor mehr va e’tiborini namoyon etmoqda. Ular o‘z tasvirlari orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni to‘g‘ri tashlash, suv va elektr energiyasidan tejamkor foydalanish kabi muhim tushunchalarni badiiy obrazlar orqali yoritishga harakat qilayotgani e’tiborga molik.

Bolalar ishtirokidagi bunday tadbirlar yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
M.Komilova, O‘zA