Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tabiat - cheksiz ilhom manbai
11:56 / 2020-10-05

Badiiy akademiya ijodkorlar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan viloyatdagi Tovoqsoy togʻli hududida bir kunlik plener - maftunkor tabiat qoʻynida ijodiy ish jarayoni tashkil qilindi.


Ona tabiat rassomlarimiz uchun bitmas-tuganmas ilhom, ijod, izlanish manbai.

Oʻzbekiston Badiiy akademiya ijodkorlar uyushmasi tomonidan muntazam tarzda oʻtkaziluvchi “Oʻzbekiston manzaralari”, “Rassom va tabiat” singari ijodiy loyihalar moʻyqalam ahlining borliqqa boʻlgan mehrini turfa boʻyoqlarda aks ettirish, yangi asarlar yaratish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.

Badiiy akademiya ijodkorlar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan viloyatdagi Tovoqsoy togʻli hududida bir kunlik plener - maftunkor tabiat qoʻynida ijodiy ish jarayoni tashkil qilindi.

photo_2020-10-05_11-57-36.jpg

photo_2020-10-05_11-57-37.jpg

Tovoqsoy bepoyon qirlari, tiniq chashma, soylari, sharsharalari, hali anchagina sayyohlarning qalami tegib ulgurmagan goʻzal va betakror maskanlari bilan diqqatga sazovor.

Plenerda Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari, Chirchiq va Toshkent shahridan rassomlar Mohigul Mamataliyeva, Mohira Mamatkarimova, Erkin Orolov, Robert Kim, Ilhom Baxriyev, Farhod Nazarmatov ochiq tabiat qoʻynida etyudlar chizib, manzara ishlab qaytdi.

Bu kabi loyihalar musavvirlarga ijod zavqini bagʻishlash bilan ahamiyatlidir.

photo_2020-10-05_11-57-39.jpg