Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ONA IZHORI: bizga ishonch madad boʻladi...
21:02 / 2020-04-09

Insoniyat balo-qazolar: urush, tabiat injiqliklari va turli kasalliklar bilan kurashib kelgan.


Insoniyat balo-qazolar: urush, tabiat injiqliklari va turli kasalliklar bilan kurashib kelgan. Doimo yashash uchun kuch topa olgan...

Koronavirus epidemiyasi ham xalqimiz uchun bir sinov. Davlatimiz rahbari tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar esa bizga dalda va madad boʻlmoqda. Xitoyda ushbu kasallik tarqalganini eshitib, barcha onalar singari mening ham yuragimga gʻulgʻula tushgandi. Yurtimizga kirib kelgudek boʻlsa, qanday qilib kurasha olarkanmiz, degan xavotir bor edi.

Yaratganning marhamati bilan ushbu baloga qarshi tura olyapmiz. Bemorlar sogʻayayotganini eshitib, tibbiyotimiz rivojlantirilganiga yana bir karra amin boʻlyapmiz. Bunda albatta, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mehnatlari cheksiz. Koʻzga koʻrinmas yov xonadonlarimiz ostonasida moʻralab turganida suyana oladigan, ishonchli Prezidentimiz borligi bizga taskin boʻlyapti. Barchaga uyda oʻtirishga sharoit yaratib berildi, keksalar koʻchaga chiqmasligi aytildi, transportlar harakati kamaytirildi. Bular cheklov emas, bular aslida juda ham katta gʻamxoʻrlik, bagʻridaryolik. Yaxshi tushunaman, davlat bularning ortidan qanchadan qancha iqtisodiy, maʼnaviy zarar koʻradi. Shunday boʻlsa-da, hukumatimiz inson salomatligini birinchi oʻringa qoʻydi. Siyosatimizning bosh mezoni ham shu aslida.

Biz oʻzbek onalari elimiz salomatligi himoyasi yoʻlida kurashayotgan Prezidentimiz, barcha soha xodimlari, shifokorlar, bemorlar uchun kecha-yu kunduz duodamiz!

Qashqadaryolik faxriy oʻqituvchi Oybuvi Sanayeva.