Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona aliment evaziga farzandlarini otasi bilan ko‘rishib turishiga ruxsat berdi
09:51 / 2021-05-28

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan Bag‘dod tumanida yashovchi E.Toshqo‘ziyevdan undiruvchi G.Toshqo‘ziyeva foydasiga ikki nafar farzandi voyaga yetguniga qadar moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limi ish yurituvidagi mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor E.Toshqo‘ziyevdan hisoblangan aliment pullari to‘liq undirib berilgan, biroq 2019 yil noyabr oyidan 2021 yil may oyiga qadar 17 oy davomida aliment pulini undirish imkoni bo‘lmagan.

Qarzdorning yashash manzili o‘rganilganida ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Undiruvchining o‘zi tashabbus ko‘rsatib, 2021 yil mart-aprel va may oyining o‘tgan kunlarida sobiq turmush o‘rtog‘i E.Toshqo‘ziyevga ikki nafar farzandini ko‘rsatishdan bosh tortib kelgan va qarzdor Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limiga bu haqda murojaat qilgan.

 Qarzdorga farzandlari bilan ko‘rishib turishga haqli ekanligi, biroq ko‘rishish kuni va soatlari sud tomonidan belgilab berilishi haqida tegishli tushunchalar berilgach, farzandlarini sog‘ingan ota alimentdan bo‘lgan qarzini to‘liq to‘lab berishini va farzandlari bilan ko‘rishish uchun ruxsat olib berishni so‘ragan.

 Undiruvchi roziligi asosida E.Toshqo‘ziyevdan jami 12 mln. 600 ming so‘m aliment qarzi to‘liq undirilishi ta’minlandi, buning evaziga undiruvchi farzandlarini otasi E.Toshqo‘ziyev bilan ko‘rishishiga ruxsat berdi.

 Shuningdek, undiruvchi va qarzdor taraflar aliment o‘z vaqtida to‘lab kelingan taqdirda otasini farzandlar bilan uchrashuviga hech qanday to‘sqinlik bo‘lmasligi haqida o‘zaro kelishib olishdi.