Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘n foiz aholisini ham koronavirusga qarshi emlay olmagan davlatlar qaysilar?
13:03 / 2021-10-12

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va JSST rahbari Tedros Gebreyesus tomonidan aholini "COVID-19" virusiga qarshi global emlash strategiyasi taqdim etildi. Strategiyaning maqsadi yil oxiriga borib barcha davlatlar aholisining 40 foizini, keyingi yilning o‘rtasiga borib esa 70 foizini emlashdir.

Mazkur ikki yirik xalqaro tashkilot mutasaddilari rivojlangan davlatlarga qoloq davlatlar bilan vaksinani bo‘lishish va ishlab chiqarish sur’atlarini o‘stirishni tavsiya etmoqda. Bunday yondashuv pandemiyani to‘xtatish va virusning bundan keyingi mutatsiyasini to‘xtatish imkonini beradi.

Gutterish Global emlash rejasini amalga oshirish Favqulodda holat bo‘yicha maqsadli guruhga topshirilganligini eslatib o‘tdi. Mazkur guruh vaksina ishlab chiqarayotgan davlatlar, JSST, COVAX bo‘yicha hamkorlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarni o‘z ichiga olgan. Favqulodda holat bo‘yicha maqsadli guruh vaksinalarning yetarli darajada dozalarda ishlab chiqarilishi va ularni adolatli tarzda taqsimlanishini ta’minlab berishi lozim.

⠀– Hozirgi kunda bunday taqsimlanish mavjud emas, – dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish. – Vaksinalarni ehtiyojmand davlatlarga yetkazish o‘rniga ishlab chiqaruvchilar dozalarni yig‘ish bilan ovora.  Ko‘pgina global, mahalliy va ikki tomonli tashabbuslar kutilganidek natija bermadi.  Dastlabki vazifa bajarilmadi: 56 ta davlat 10 foiz aholisini ham emlay olmadi. Ularning ko‘pchiligi Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridir.  

Yangi rejaga asosan, ishlab chiqarishni ikki karra ko‘paytirish va vaksinalar COVAX orqali adolatli taqsimlanishini ta’minlash zarur. BMT rahbari va JSST Bosh direktori bu reja ko‘p odamlar hayotini saqlab qolishi, ijtimoiy-iqtisodiy faollikni qayta tiklashi, shuningdek, koronavirusning yangi xavfli variantlari paydo bo‘lishi xavfini kamaytirishiga ishonch bildirdilar.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA