Omonov Zafarjon Raxmonaliyevichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Qiynashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusida
Omonov Zafarjon Raxmonaliyevichning “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” va “12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar)” ixtisosligi bo‘yicha “Qiynashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 15 noyabr kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil. 100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68 A-uy.
Tel/faks: (99871) 265-22-52; (99871) 265-17-53
e-mail: info@akad.mvd.uz