“Vertikal shaxta atrofidagi tog‘ jinslari turg‘inligi va uni mustahkamlash matematik modeli” mavzusida
Omonov Sherzod Baxtiyor o‘g‘lining “Vertikal shaxta atrofidagi tog‘ jinslari turg‘unligi va uni mustahkamlash matematik modeli” mavzusidagi 01.02.03-Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ( PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 12 oktyabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti Bosh binosi, 105-xona.
Tel: (998366) 239-11-40, 239-18-92; faks: (0366) 239-11-40
ye-mail: rektor@samdu.uz
***
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).