O‘monlik tadbirkorlar Samarqandda
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Hamroyev O‘mon Sultonligi "Al Khonji Group" LLC boshqaruvi kengashi raisi Xalil Al-Xonji boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik, eng avvalo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohadagi loyihalar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan muhokama olib bordi.


Muzokara davomida viloyatda investorlarga yaratilgan sharoit, qulaylik va imtiyozlar haqida ma’lumot berilib, xorijlik sheriklar fikri, taklifi ham tinglandi.
M.Pirmatova, O‘zA