Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Omonatlar endi - yanada daromadli!
09:36 / 2019-01-30

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga yanada koʻproq daromad olish imkoniyatini yaratish maqsadida amalda boʻlgan ayrim omonatlarga toʻlanadigan foizlar miqdorini oshirdi.


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga yanada koʻproq daromad olish imkoniyatini yaratish maqsadida amalda boʻlgan ayrim omonatlarga toʻlanadigan foizlar miqdorini oshirdi.

photo_2019-01-20_12-27-30.jpg

Xususan:

- “Kelajak bunyodkori” omonatiga toʻlanadigan foizlar yillik 20 foizdan 21 foizga oshirildi. Omonat muddati – 25 oydan 36 oygacha;

.- Inson manfaati” omonatiga toʻlanadigan foizlar yillik 19 foizdan 20 foizgacha oshirildi. Omonat muddati – 13 oydan 25 oygacha.

Mazkur omonatlarga mablagʻlar milliy valyutada naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda omonatchining ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʻlari, jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablagʻlari hisobidan qabul qilinadi. Omonatlarga hisoblangan foizlar har oyda toʻlab boriladi.

Muhim jihati shundaki, mijozning moliyaviy manfaatdorligiga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Xususan, omonatchining 12 oydan ortiq saqlangan omonatini muddatidan oldin qaytarib olishi talab qilinganda, omonat saqlangan davrga, shartnomada belgilangan yillik foiz toʻlovining 75 foizi miqdorida foiz toʻlab beriladi.

Qonun bilan kafolatlangan, omonatlarning sir tutilishi va meros huquqi himoyasi bank tizimida doimiy nazoratga olingan. Omonatga qoʻyilgan mablagʻlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlangan.

Omonatlar bilan amaliyotlarda mijozga oʻz mablagʻlari toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatini beradigan “SMS-omonat” xizmati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu omonatchilarning vaqtini tejaydi va qulaylik yaratadi.

Shuningdek, bank tizimida shaxsning barmoq izlari namunasidan foydalanish - “Biometrik identifikatsiyalash” tizimi joriy qilingan. Bunda omonat hisobvaraqlaridagi mablagʻlar bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni omonat egasi boʻlgan mijozning bevosita ishtirokisiz amalga oshirish imkoni boʻlmaydi va omonat mablagʻlariga nisbatan bank xodimlarining daxlsizligi taʼminlanadi.

- “Qishloq qurilish bank”i omonatlariga 10 yildan beri oʻz mablagʻimni qoʻyaman, - deydi Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro Shoira Turoboyeva. - Avvallari omonat qoʻygandan soʻng mablagʻimiz bilan bogʻliq toʻlovlarni, yaʼni omonat foizlarini bilish uchun bankka borar edik. Hozir esa uyda turib uyali telefoningiz orqali buni bilish, kuzatib borish va boshqarish imkoniyati yaratilgan. “SMS-xabarnoma” orqali maʼlumot kelib turadi. “Depozit-banking” ilovasi orqali omonatga kelib tushgan foiz mablagʻlari hisobidan boshqa toʻlovlarni ham bajarishingiz mumkin. Ayniqsa, filiallarda joriy qilingan “Barmoq izi” tizimi ishonchimizni oshiradi. Ushbu bank daromadlarim koʻpayishiga yordam bermoqda.

Maʼlumot uchun, ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida 2019 yil 1 yanvar holatiga 23 tadan ortiq omonat turlariga mablagʻlar jalb qilinmoqda. Shu davrga bankning jami omonatchilari soni 98 840 nafarni va ularning bankdagi qoʻyilmalari (uy-joy mablagʻlarisiz) 481,8 mlrd. soʻmni tashkil qildi.

“Qishloq qurilish bank” - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz