Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘mon Kengashi Parlamentlararo ittifoq assambleyasida ishtirok etmoqda
14:14 / 2025-04-07

O‘monning “Ar-Ro‘’ya” nashri Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida O‘mon Sultonligi Sho‘ro kengashi Raisi Xolid bin Xilal Al-Mavaliy Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashganini yoritdi.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar parlamentlararo muloqotni o‘zaro tashriflar orqali faollashtirish, qonun chiqaruvchi idoralar tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashish va yaqin aloqa o‘rnatish masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, parlamentlar do‘stlik guruhlari, qo‘mitalar hamda devonlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali samarali loyihalar amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashilgan.

Bu ikki davlat o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, xususan qonunchilik kengashi darajasida tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qiladi.

M.Pirmatova, O‘zA