French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ommaviy yugurish marafonida to‘rt ming kishi qatnashdi
09:32 / 2025-04-06

Guliston shahrida «Eco-Save Aral-2025 va Inson uchun» xalqaro xayriya va ekologik ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yugurish sport turini ommalashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholining turli qatlamlarini jismoniy faoliyatga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur  marafonda Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan shaxslar va 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami vakillari ishtirok etdi.

–Marafonda  nafaqat  professional sportchilar, talaba-yoshlar, havaskorlar qatorida davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari ham faol ishtirok etib,  sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi,– deydi  Sirdaryo viloyat sport boshqarmasi  axborot xizmati rahbari Anvar To‘ychiyev.  – Bu galgi marafonning qamrovi keng bo‘ldi.Ushbu tadbirda qariyb 4000 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Marafon shartiga  ko‘ra, 3 kilometrlik masofani birinchilardan bo‘lib bosib o‘tgan turli yoshdagi erkak va ayol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri