FOTOREPORTAJ
Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili doirasida “Eco-Save Aral-2025”, “Talaba-yugur”, “O‘quvchi-yugur” shiorlari ostida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan marafonda davlat xizmatchilari, harbiylar, bojxona xodimlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda turli yoshdagi fuqarolardan iborat 5 ming nafardan ortiq ishtirokchi 3 kilometr masofaga yugurishda o‘zaro bellashdi.
“Eco-Save Aral-2025” musobaqasida erkaklar o‘rtasida Otabek Toshquvvatov birinchi bo‘lib marra chizig‘ini bosib o‘tgan bo‘lsa, ayollar bellashuvida Shohsanam Yo‘ldosheva g‘olib bo‘ldi. Talabalar o‘rtasidagi bahsning erkaklar bellashuvida Azizbek Boshmonov, ayollar o‘rtasida esa Ruhshona Abduxoliqova birinchi o‘rinni egalladi. O‘quvchilar o‘rtasidagi marofonning o‘g‘il bolalar bahsida Shahriyor Shodiyev g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Farangiz Alimova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
[gallery-25652]
Barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA