Ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
Nukusda “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” yili” doirasida “Eco - Save Aral-2025” nomli ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, harbiy xizmatchilar hamda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholi vakillari faol ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga yo‘naltirishdan iborat edi.


Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri