O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash tizimini takomillashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga:
ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektini tanlashda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, ularga tahdid soluvchi holatlarda fuqarolarning evakuatsiyasini samarali tashkil etish sharoitlarini mavjudligini hisobga olish;
tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda evakuatsiya qilish tartibi, yo‘llari hamda yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni e’lonqilinishini tashkil etish;
ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan ob’ektga kirish-chiqish xavfsizligini, ob’ektga borish va kirish joylarida avtotransport vositalarini harakatini cheklaydigan fizik to‘siqlar o‘rnatilishini ta’minlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA