Ommaviy tadbirlarga salbiy taʼsir etilsa, chora koʻriladi
Qozogʻistonda 6 maydan 12 mayga qadar ichki ishlar idoralarining shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan tarzda xizmat koʻrsatishga oʻtkazildi. Bu haqda 6 may kuni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Mamlakat shaharlarida “Mәңgіlіk Daңq“ (“Oʻlmas polk”) yurishlari oʻtkazilishi munosabati bilan politsiya xodimlari tomonidan mazkur tadbirning xavfsizligini taʼminlash maqsadida choralar koʻriladi.
Jamoat tartibini buzish borasidagi barcha faktlar boʻyicha, shuningdek, ommaviy-madaniy tadbir ishtirokchilariga noqulayliklar yaratishga qaratilgan har qanday harakatlarga qarshi qonun talablariga asosan politsiya tomonidan zudlik bilan choralar koʻriladi“, deyiladi xabarda.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, koʻchalar va jamoat joylarida politsiya xodimlarining soni oshiriladi.