Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
12:16 / 2026-03-10

Sirdaryo viloyatining Yoshlar markazidagi majlislar zalida Sport vazirligi ishchi guruhi ishtirokida ommaviy sportni rivojlantirish va aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Sport vazirligi mas’ul xodimlari Sherzod Olimov va Navruz Shoymordonov, viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Mavlonberdiyev, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Akramov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Doniyorov hamda hududdagi sport ta’lim muassasalari rahbarlari, yoshlar yetakchilari va sohaning malakali mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va yoshlarni sportga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali sportga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni ro‘yxatga olish va ularning faolligini nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar aholi va yoshlar orasida jismoniy faollikni oshirish, sport tadbirlari va musobaqalarni keng joriy etish hamda sport muassasalari faoliyati samaradorligini yuksaltirishga oid fikr va takliflar bilan o‘rtoqlashishdi. Seminar yakunida sohadagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ul shaxslarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri