Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
13:39 / 2024-04-16

Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirishda talabalar sportini yangi tizim asosida tashkil qilish hamda mahallalarda barpo etilgan sport maydonchalarining alohida o‘rni bor. Mazkur sport yo‘nalishlarini takomillashtirish hamda ikki yil davomida yurtimiz mahallalarida, ta’lim maskanlarida barpo etilgan sport maydonchalarining zamon talablariga mosligi ommaviy sportni rivojlantirishda muhim omil sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida ushbu masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida mamlakatimizda talabalar sporti hamda mahallalarda barpo etilgan sport maydonchalaridan samarali foydalanish, ularning bugungi holati tahlil qilindi.  

Muhokamalar avvalida talabalar sportini yangi tizim asosida tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilib, tizimda o‘z yechimini kutayotgan masalalar aytib o‘tildi. Mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.  

Shundan so‘ng, yurtimiz mahallalarida bunyod etilgan sport maydonchalarining holati bo‘yicha mas’ullarning axboroti tinglandi.  

Sport vaziri A. Ikromov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi o‘rtasida ommaviy sport targ‘ibotini kuchaytirishda, Vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan dovrug‘li sportchilarni kamolga yetkazishda mazkur yo‘nalishlar muhim rol o‘ynashi bildirildi.  

Shu jihatdan talabalar sportining o‘rni, mahallalarda tizimli tarzda bunyod etilgan sport maydonchalarining ahamiyati ne chog‘li e’tiborli o‘rin tutishi ta’kidlanib, talabalar orasida ommaviy sport qamrovini oshirish, zarur shart-sharoitlarni yaratish, o‘tkazilishi belgilangan musobaqalar saviyasini yangi bosqichga ko‘tarish, mahallalardagi sport maydonchalarining holatini nazorat qilish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilab olish yuzasidan mahalliy boshqaruv organlari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozimligi aytib o‘tildi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA