Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ommaviy sport musobaqalari aholi salomatligini mustahkamlaydi
14:13 / 2025-07-07

Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, tashkilot va idoralarda mehnat qilayotgan xodimlarning salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etishda vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan sport targ‘ibotchilarining alohida o‘rni bor.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida tashkilot va idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan sport targ‘ibotchilarining ish tizimida samaradorlikka erishish, ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil imzolangan “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, vazirlik va idoralarda 5 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarni uyushqoqlik bilan o‘tkazish borasida qilinayotgan ishlar tahlil etildi.

Muhokamalar jarayonida sportchilar, aholining barcha qatlamlari uchun joriy etilgan yagona elektron boshqaruv tizimi doirasida ishlab chiqilgan "Ommaviy sport tadbirlarini boshqarish" quyi axborot tizimi (mass.sport.uz) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bildirilgan fikr va takliflar asosida tashkilot va idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan sport targ‘ibotchilari faoliyatini rag‘batlantirish ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA