French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ommaviy norozilik Eronni zaiflashtiradimi?
21:54 / 2026-01-10

– Hozirgi holat Eron Islom Respublikasi hukumati o‘tmishda bostira olgan noroziliklardan keskin farq qiladi, – deyilgan Isroilning Quddus strategiya va xavfsizlik instituti (Jerusalem Institute for Strategy and Security – JISS) tahlil markazi chop etgan maqolada.

Muallif 2025 yil 28 dekabr kuni boshlangan va hamon davom etayotgan namoyish Eron rejimi kelajagiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilgan.

Maqola avvalida “soxtalashtirilgan prezidentlik saylovi ayblovi tufayli paydo bo‘lgan 2009 yilgi Yashil harakat, 2019 yildagi yonilg‘i tanqisligiga qarshi norozilik hamda kurd ayoli Mahsa Aminiy o‘limi sabab 2022 yil tuzilgan “Ayol, Hayot, Ozodlik” harakati eslatilgan. Tahlilchining fikricha, asosiy farq shundaki, bugungi vaziyat iqtisodiyot omon qolishi uchun zarur “bashorat ufqini to‘liq bulut qoplashi” bilan bog‘liq. Ta’kidlanganidek, Eron riali keskin qadrsizlanishi umidsizlik yuzaga keltirib, mahsulotlar narxini belgilashga imkon qoldirmayapti.

3 месяца протестов в Иране - время для перемен – DW – 16.12.2022

Muallif yozishicha, Eron hukumati 2026/27 yillar uchun taklif qilgan byudjet neft daromadi taqchilligini qoplash uchun soliqni 62 foizga chiqarish tahdidini ifodalaydi.

Shuningdek, maqolada iqtisodiy muammolar tufayli kuchaygan bu galgi namoyish bir necha kun ichida rejim ag‘darilishini talab qiluvchi keskin kayfiyatga aylanib ketgani bayon etilgan. Jamiyatdagi “bozor sinfi” hozirgi davrda iqtisodiy barqarorlikka erishib bo‘lmaydi, degan xulosaga kelgani ta’kidlangan.

Qo‘zg‘olonning yana bir asosiy sababi sifatida “rasmiylar zo‘rayib borayotgan iqtisodiy muammolarga nisbatan mas’uliyatsiz munosabatda ekani” ko‘rsatilgan.

– Ilgari ijtimoiy-iqtisodiy norozilik bevosita hukumatga qaratilmagan, bugun esa ko‘tarilayotgan xalq aksariyat hollarda aynan rejimga qarshi chiqyapti, – deya muayyan tafovutga yana bir bor urg‘u berilgan.

🇮🇷 Иран 2026 | Sилоvaя политика и экономический коллапс 📉 Прогнозы из  Китая, SША и Европы 🌍

Bundan tashqari JISS ko‘chalarda eshitilayotgan “Na G‘azo, na Livan, jonim Eron uchun” kabi shiorlar “qashshoqlikni rejimning tashqi siyosatdagi sarguzashtlari, xususan 2025 yil iyun oyidagi urush oqibati” bilan bevosita bog‘lashini alohida ta’kidlaydi. Qolaversa, rejim ichki va tashqi vaziyat yomonlashishi tufayli kuchayib borayotgan bosim ostida faoliyat yuritishga majburligiga e’tibor qaratgan: Zero, Eron “assimetrik” kuchining asosiy ustunlari hisoblangan Hizbulloh va yadro dasturi, shuningdek eng muhim tayanchi – Suriyani yo‘qotdi.

Muallif AQSH tomonidan Venesuela Prezidenti Maduro qo‘lga olinishini ham Islom Respublikasi uchragan yana bir zarba sifatida baholagan. Bu voqea Eron rejimi uchun kutilmagan voqea. Qayd etilishicha, Maduro rejimi asosiy ittifoqchi sifatida Hizbulloh va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga Lotin Amerikasi mamlakatida erkin faoliyat yuritish, jumladan sanksiyani chetlab o‘tish, terror harakatlarini rejalashtirish va noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanish imkonini bergan. Buning evaziga Tehron Karakasni qurol-yaroq, jumladan dron bilan ta’minlagan.

OAV xabariga ko‘ra, Venesuela asosan neft bitimi bo‘yicha Erondan taxminan 2 milliard dollar qarz.

– Umuman, Venesuela kelajagi noaniqligi asnosida ham Eronning mintaqaviy ta’siri sezilarli darajada zaiflashdi, – deya maqolaga yakun yasagan muallif.

S.Rahimov, O‘zA