O‘zbekistonda so‘z, axborot va matbuot erkinligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy islohotlar mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan.
Xususan, 1991-2002 yillar orasida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari kabi eng muhim sohaviy qonunlarni qabul qilishga erishilgan.
O‘tgan davrda sohaga oid qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashdi, Prezident tomonidan axborot sohasiga tegishli bir necha muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinib, ularning mamlakatda erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy zamin yaratildi.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari, axborot olish huquqi va kafolatlari, so‘z erkinligi va mas’uliyati, shuningdek mualliflik huquqiga doir masalalar haqida Jamoat xavfsizligi universiteti ilmiy izlanuvchisi Jasurbek Ilxombekov batafsil ma’lumot beradi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1RTOn0O0XVY" title="Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy kafolatlari " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA