FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mahallalarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan vaqtincha ishsiz yoshlarga ekindan bo‘shagan unumdor yerlar ajratilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani Qaldirg‘och mahallasida ham ushbu qaror asosida 20 nafar yoshga 50 sotixdan unumdor yer ajratilgan bo‘lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga makkajo‘xori, karam, gul karam, yeryong‘oq kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab, bugun ekinlar hosilga kirish arafasida.
[gallery-19432]
Omilkor yoshlardan biri Musulmon Elmurodov ham berilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanmoqda. U o‘ziga tegishli maydonda yeryong‘oq yetishtirdi, shu kunlarda hosil yig‘ish taraddudida. Yana bir yosh mirishkorlardan Sanjarbek Diyorov makkajo‘xori yetishtirib, barakali hosil olish niyatida.
Yaxshi niyat bilan yerga urug‘ qadagan yoshlar tez orada ilk daromadiga ega bo‘ladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA