English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Omikron"ning jiddiylik darajasi boshqa shtammlarga qaragandi past bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda
12:14 / 2022-01-17

“Omikron”ning boshqa shtammlarga qaraganda unchalik jiddiy emasligiga dalillar bor, deb bayonot berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich.

"Omikron”ning jiddiyligi boshqa shtammlarga qaraganda past bo‘lishi mumkin, lekin bu  uning jiddiy emasligini anglatmaydi", — degan u "Solovev Live" Youtube-kanalida. 

Uning ta’kidlashicha, vaksinalar birinchi yarim yilda og‘ir kasallanishdan yaxshi himoya qiladi, lekin vaqt o‘tgan sari himoya qobiliyati susaya boshlaydi. 
 
"Biz haliyam epidemiyaning cho‘qqisida turibmiz", — qo‘shimcha qilgan Vuynovich.