Omikron shtammi bilan delta shtammi orasida farq ma’lum qilindi
Shifokorlar “omikron” shtammi va “delta” shtammi bilan kasallangan bemorlar orasida hech qanday farqni kuzatmayotganini ta’kidlashmoqda.
– Ko‘zga tashlangan yagona farq “omikron” shtammi bilan kasallangan bemorda xastalik yengil ko‘rinishda kechmoqda, –deydi Janubiy Afrika tibbiyot assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Mvuyisi Mzukva.
– "Biz "delta" shtammidan farq qiluvchi hech qanday jihatni ko‘rmadik. “Omikron” shtammi bilan ko‘proq yoshlar chalinayotganini va kasallik juda yengil kechayotganini kuzatmoqdamiz", – deya keltiradi Mzukvaning so‘zlarini CNN telekanali.
Shifokorning ta’kidlashicha, kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning taxminan 90 foizi koronavirusga qarshi emlanmagan ekan.