Mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun yurtimizga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar OAV vakillari bilan suhbatda o‘z kuzatuvlaridan kelib chiqadigan fikrlarini bildirmoqda.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Omer Kojaman OAV vakillariga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidladi:
— Yurtingizda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini yaqindan kuzatamiz. Saylovoldi jarayonlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo‘lib boryapmiz. O‘ylaymanki, saylov judayam qizg‘in o‘tadi. Chunki saylovda ishtirok etayotgan barcha partiyalar va Prezidentlikka nomzodlarga bir xil imkoniyat yaratilgan. Saylovning muvaffaqiyatli o‘tishi mamlakatda yangi islohotlarni boshlashga turtki beradi. Bugun O‘zbekiston dunyoga yangi O‘zbekiston bo‘lib yuz ochmoqda. O‘ylaymanki, yurtingiz fuqarolari saylovda faol ishtirok etadi. Sababi munosib nomzodni tanlash kelajakka qo‘yilgan to‘g‘ri qadam bo‘ladi.
Muhtarama Komilova
O‘zA