French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsmanga yana qanday qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda?
15:06 / 2022-01-22

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunni islohotlar asosida takomillashtirish vazifasi belgilangan.

Shu maqsadda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi regulation.gov.uz portalida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. Uni tayyorlashda mazkur sohani tartibga soluvchi bir qator ilg‘or davlatlarning qonun hujjatlari atroflicha o‘rganildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlarva fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatida ushbu qonun loyihasi muhokama qilindi.

– Mazkur qonun loyihasini inson huquqlarini ta’minlash borasidagi xalqaro maqomdagi hujjatlar talablari asosida takomillashtirish maqsadida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda AQSHning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarga ekspertiza uchun yuborilgan, – dedi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova. – Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ulug‘vor g‘oya asosida ishlab chiqilgan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida inson huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar yanada jadallashtirilishi e’tiborga molik. Ushbu islohotlar jarayonida Ombudsman faoliyatini tartibga soluvchi qonunning har tomonlama takomiliga yetkazilgan va amalda to‘liq ishlovchi hujjat sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Qonun loyihasi 7 bob va 46 moddadan iborat bo‘lib, unda Ombudsman o‘z oldida turgan vazifalarini mone’liksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun qo‘shimcha kafolatlar hamda uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini ishonchli himoya qilish choralari, Ombudsmanning qonunchilik tashabbusi huquqi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarinihimoya qilishning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzalar taqdim qilish huquqlarini berishga oid yangi moddalaraks etgan.

Davra suhbatida mazkur loyiha yuzasidan qator fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

– Ombudsmanning doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari maqomi, jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari hududida “Ombudsman qutisi”ni saqlashning huquqiy mexanizmlari, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishi holati to‘g‘risida Ombudsman tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish tartibi va mexanizmi va qator boshqa normalar belgilanmoqda, – dedi Qonunchilik palatasi deputat O‘ktam Islomov.

Muhtarama Komilova, O‘zA