French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman YeXHTning DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
10:21 / 2024-10-15

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) missiyasi rahbari Ueyk Duglas bilan uchrashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovini kuzatish bo‘yicha mamlakatimizga tashrif buyurgan YeXHTning DIIHB missiyasi vakillari umumxalq referendumi asosida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan inson huquqlariga oid normalar hamda Ombudsmanga berilgan huquqlar bilan qiziqdi.  

Missiya vakillariga yangilangan Konstitutsiyada mustahkamlangan saylovga oid me’yorlar, Ombudsmanning saylov jarayonidagi vakolatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.    

Shuningdek, o‘zaro suhbatda saylovga tayyorgarlik jarayonlarida Ombudsmanning ishtiroki, saylovga oid murojaatlar, gender tengligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik aloqalari haqida so‘z bordi.  

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. 

N.Abduraimova,

O‘zA