Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman vakili murojaatni o‘z vaqtida o‘rgandi
14:12 / 2024-03-12

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova Qorovulbozor tumanidagi 17-son Jazoni ijro etish kolonnasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring tashrifida dastlab Ombudsman mintaqaviy vakiliga mahkumlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan yuborilgan murojaatlar bo‘yicha yakka tartibda uchrashuvlar tashkil etildi.  

Ma’lum bo‘lishicha, mahkumning onasi telefon orqali murojaat qilib, o‘g‘lining salomatligidan tashvishlanayotgani, oxirgi marta uzoq muddatli uchrashuvga Qo‘qondan Buxoroga borganida 3 kun emas, 2 kunda uchrashuv tugatilganini ma’lum qilgan.  

– Murojaat mahkumning sog‘lig‘i bilan bog‘liqligi sababli, u ertasi kuniyoq o‘rganildi,–- deydi vakili Abira Xuseynova. –Mahkum shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgach, uni Toshkent shahridagi 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga yuborishga ehtiyoj yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Mahkum so‘roviga ko‘ra, u kameradagi 2 qavatli krovatning pastki qismiga joylashtirildi.  

Shuningdek, kolonna ma’lumotiga ko‘ra, uzoq muddatli uchrashuvlarning 2 kunga qisqarishiga yuzaga kelgan uzoq navbatlarda homilador va yosh bolasi bor ayollar bo‘lgani sabab bo‘lgan.  

Sayyor qabulda “Ombudsman quti”lari orqali yuborilgan murojaatlar bo‘yicha 6 nafar mahkum murojaatlari ham o‘rganildi.  

Shundan so‘ng, kolonnalardagi mahkumlarning saqlash sharoitlari, mehnat qilish, tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ularga nisbatan bo‘ladigan munosabat va muomala, uzoq muddatli uchrashuv xonalari, huquqiy, diniy va badiiy adabiyotlar bilan jamlangan kutubxonalar hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan boshqa sharoitlar ko‘zdan kechirildi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri