Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligi kengayadi
11:06 / 2023-11-03

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) faoliyati davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda.

Zero, inson huquqlarini ta’minlash xalqaro huquq me’yorlari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish va bu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalarni o‘ranib, amaliyotga tatbiq qilib borishni taqozo qiladi.

Ombudsman Feruza Eshmatovaning BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman bilan uchrashuvi shu maqsadga qaratildi.

Uchrashuvda Ombudsman faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari va amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalari haqida fikr almashildi.

– O‘zbekistonda ish boshlaganimga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi, shunga qaramay mamlakatingizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ko‘zga tashlanmoqda, – dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman. – Inson huquqlarini ta’minlash jarayonida Ombudsman instituti muhim ishtirokchi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan inson huquqlari sohasida doimo hamkorlikka tayyormiz.

Do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA