Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman talabi bilan yopiq muassasalardagi sharoitlarni yaxshilashga 8,5 milliard so‘m ajratilgan
10:31 / 2026-03-06

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i Azizxon Umarxonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Ombudsman tomonidan 2025-yilda jazoni ijro etish muassasalari hamda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga jamoatchilik guruhlari a’zolari bilan birgalikda amalga oshirilgan monitoring tashriflari natijalari muhokama qilindi. 

Xususan, mahkum va mahbuslarni saqlash sharoitlari, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. 

Shuningdek, inson huquq va erkinliklariga oid kelib tushgan murojaatlar tahlili natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan hamkorlikdagi choralar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, keyingi 5 yil davomida Ombudsman hamda uning boshchiligidagi jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga 3 mingdan ortiq monitoring tashriflari amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025-yilda bunday muassasalarga 954 marotaba monitoring tashrifi o‘tkazilib, 11 mingdan ortiq mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy, 5 ming 487 nafar shaxs bilan esa xoli tarzda suhbatlar o‘tkazildi. 

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Ombudsman tomonidan kiritilgan ta’sir choralari shaklidagi hujjatlarning ko‘rib chiqilishi natijasida bir qator muassasalarda sharoitlar yaxshilandi hamda bu maqsadlar uchun 8,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

N.Abduraimova, O‘zA