Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman talabalar bilan uchrashdi
11:19 / 2025-05-20

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaning talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ombudsman talabalarni o‘z faoliyati, xususan, murojaatlar bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan monitoringlar, jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar bilan suhbatlar kabi faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. 

[gallery-23450]

Tahlillarga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatda 132 ming 298 jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning katta qismi – 59,4 foizi yoshlar tomonidan sodir etilgan. Bu esa, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, huquqiy savodxonlikni oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Uchrashuvda Ombudsman tomonidan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari davomida mahkum yoshlarning chin dildan afsuslanishi, ertaga jamiyatga munosib fuqaro bo‘lib qaytishga intilayotgani ta’kidlandi. Shu bois, yoshlarga to‘g‘ri yo‘lni tanlashda ko‘maklashish, ularni huquqiy bilim va faol fuqarolik pozitsiyasi bilan qo‘llab-quvvatlash jamiyatning dolzarb vazifalaridan biridir.

Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim, bandlik va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga doir imkoniyat va imtiyozlar hamda bu sohadagi huquqiy asoslar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida esa universitetda “Ombudsman klubi”ni tashkil etishga kelishib olindi. Ushbu klub yoshlarga inson huquqlarini himoya qilish jarayonlarida faol ishtirok etish, murojaatlarni o‘rganish va huquqiy tahlil ishlarida tajriba orttirish imkonini beradi.

N.Abduraimova,

O‘zA