Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ombudsman soati”
19:55 / 2024-02-12

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili hamda hamkor tashkilotlar tomonidan Buxoro shahridagi “G‘ijduvoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

– Tadbirda mas’ullar tomonidan Prezidentimizning 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun- mohiyati tushuntirildi, – deydi Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat mintaqaviy vakili A.Huseynova. – Shuningdek, farmonning ahamiyati, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar hamda aholiga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligining vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, yangi tashkil etilgan Mahallalar uyushmasi yettiligining vazifalari va aholi murojaat qilishining qulayliklari haqida gapirilib, ushbu sohada qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar mazmun-mohiyati haqida gapirildi. 

Tadbir davomida “A.G‘ijduvoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi J.Shukurov inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning muhim ekanligiga urg‘u berildi. Shuningdek, kelgusida bunday tadbirlarni o‘tkazishda Ombudsman instituti mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri