Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman: Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i holati o‘rganildi
13:34 / 2026-01-09

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatdagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Monitoring jarayonida mazkur muassasada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum A.T. (Mubashshir Ahmad)ning sog‘lig‘i, saqlanish sharoitlari hamda unga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati o‘rganildi. Jumladan, mahkumlar, shu qatorda A.T. bilan ham holi tarzda suhbatlar o‘tkazilib, tibbiy hujjatlar bilan tanishildi.

Mahkum A.T. muassasada tibbiy yordam ko‘rsatilishidan shikoyati yo‘qligini, sog‘lig‘i doimiy nazoratda ekanini va belgilangan tartibda tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib kelinayotganini bildirdi. Uning sog‘lig‘idagi ayrim o‘zgarishlar avvaldan mavjud bo‘lgan kasalliklar bilan bog‘liq ekani, hozirda tegishli tibbiy yordam olayotgani qayd etildi.

Shuningdek, u muassasada o‘z xohishiga ko‘ra mehnat faoliyatiga jalb etilgani, qonunchilikda belgilangan me’yorlardan ortiqcha mehnatga jalb etilmayotgani hamda mehnat sharoitlari amaldagi talablarga muvofiqligini ma’lum qildi.

Oziq-ovqat ta’minoti va yashash sharoitlari bo‘yicha ham e’tirozlar bildirilmagan. Mahkumning sog‘lig‘idan kelib chiqib, unga belgilangan normalar asosida oziq-ovqat berilayotgani ta’kidlandi.

Mahkum A.T. bilan o‘tkazilgan holi tarzdagi suhbatda hech qanday murojaat kelib tushmadi.

O‘zA