English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ombudsman maktabi” loyihasi: inson huquq va erkinliklari himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi
19:15 / 2023-05-11

Xo‘jaobod tumanida “O‘zbekiston xalqchil va ijtimoiy davlatdir” mavzusida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruzaxon Eshmatova, tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, ichki ishlar profilaktika inspektorlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo, inson sha’ni, qadr-qimmatini ulug‘lash, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratishga qaratilganligi, shuningdek, har bir fuqaroning haq-huquqlari himoyasi Bosh qomusimiz va qonunlarimizda qat’iy belgilab qo‘yilganligi ta’kidlandi.  

– “Ombudsman maktabi” loyihasini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholining mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruzaxon Eshmatova. –  Qolaversa, loyiha inson huquq va erkinliklari himoyasi borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga, aholining huquqiy bilimlarini oshirishga yordam beradi.  

[gallery-11842]

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi vakili Gulnoraxon Abduvohidovaning “Viloyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar”, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi apparatining mas’ul xodimi Habibullo Usmonovning “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining fuqarolar mehnat huquqlari himoyasi va mehnatini muhofaza qilishdagi ahamiyati”, Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Nilufar Mo‘minovaning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati”, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Oybek Yuldashevning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligiga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar”, “Do‘stlik” chegara bojxona posti boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Ruslan Boltaboyevning “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish tartibi va ushbu tartibni buzganlik uchun javobgarlik” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ma’ruzalar hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tadbirda Xo‘jaobod tumanidagi “Yangi Farg‘ona”, “To‘raobod” va “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan ishtirokchilarga mazkur mahallalarda inson huquq va erkinliklari, manfaatlari himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruzaxon Eshmatova tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish, bu borada qonun ustuvorligini ta’minlash  yuzasidan takliflar bildirldi.

Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) viloyatdagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda bo‘lib, muassasalarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan muloqot o‘tkazdi.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA