Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ombudsman maktabi” loyihasi amalda
15:21 / 2023-08-26

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar haqida aholining xabardorligini oshirish, xususan, ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlarni, tinchlik va barqarorlikni hamda aholi bandligini ta’minlashda mahallaning rolini va ahamiyatini oshirish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili tomonidan Romitan tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Ibn Sino” va “Zarafshon” MFY faollari ishtirokida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis senati a’zosi, Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Huseynova har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashda mahallaning roli haqida so‘zladi.  

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan mahalla faollari hududda samarali ish olib borish faoliyatning bosh mezoniga aylanishini, tinchlik va barqarorlikka erishish bebaho boylik ekanligini, mahallani obod qilish har bir fuqaroning vazifasi ekanligini  ta’kidlashdi.  

Tadbir ishtirokchilari yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan demokratik islohotlarni qat’iy davom ettirishni,  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va qarori loyihalari to‘g‘risida, birinchi navbatda aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, shu jumladan, suv resurslarini tejash, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha islohotlar hamda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish “O‘zbekiston  – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari ekanligini qayd etdi.  

Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Huseynova mintaqaviy vakil faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorligi masalalarida  bir qator takliflarini bildirdi.  

Ma’ruzachilar tomonidan tadbir ishtirokchilariga Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 11 aprelda imzolangan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan tub islohotlar, xususan, aholini manzilli ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirish hamda profilaktik tadbirlarni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.  

O‘zaro savol javob va erkin muloqot ruhida o‘tgan tadbirda kelgusida “Ombudsman maktabi” doirasida ko‘tarilishi zarur bo‘lgan sohalar bo‘yicha takliflar ham olindi.  

Tadbirda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning muhimligiga e’tibor qaratildi.

Zarif Komilov, O‘zA