Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ombudsman maktabi” loyihasi – amalda
18:41 / 2023-08-01

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Ushbu loyiha aholining mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardorligini oshirish maqsadiga qaratilgan bo‘lib, Boyovutda o‘tgan tadbirda asosan mehnat munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalariga urg‘u berildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mavzu yuzasidan huquqiy tushuntirishlar  berdi.

Shu kuni Boyovutda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va aholi uchun tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Ombudsman va uning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazilib, murojaatlar o‘rganildi.

[gallery-12990]

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA